AsosiyJamiyat

Statistika agentligi 2022 yil yakuni bo`yicha e`lon qilgan press-reliziga ayrim tushuntirishlar berdi

'Statistika agentligi 2022 yil yakuni bo`yicha e`lon qilgan press-reliziga ayrim tushuntirishlar berdi'ning rasmi

Statistika agentligi tomonidan 2022 yil yakunlari bo`yicha e`lon qilingan «O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish» nomli yillik tahliliy press-relizning 14-sahifasida natura shaklida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va o`sish sur`atlari to`g`risida ma`lumot keltirilgan.

Mazkur sahifada yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 70 995,4 mln. kv.s. xajmga kichik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan 3 300,8 mln. kv.s. hajmlarni qo`shgan holda jami 74 296,2 mln. kv.s. elektr energiyasi to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan.

«Sanoat ishlab chiqarishi» nomli yillik press-relizning 20-sahifasidagi 70 995,4 mln. kv.s. elektr energiyasi hajmi faqat yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan hajmlarni ifodalaydi.

Shuningdek, «O`zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish» nomli yillik tahliliy press-relizning 14-sahifasida e`lon qilingan 328 118 dona engil avtomobillar sonida 20 941 dona maxsus engil avtomobillarni qo`shgan holda keltirilgan.

Ushbu ma`lumotlar «Sanoat ishlab chiqarishi» nomli yillik press-relizning 9-sahifasida engil avtomobillar sonida maxsus engil avtomobillarni qo`shmagan holda 307 177 dona etib keltirilgan.

Ushbu keltirilgan ma`lumotlar Yalpi ichki mahsulot hamda ishlab chiqarishning umumiy xajmlarida to`liq inobatga olingan.

    Boshqa yangiliklar