AsosiyJamiyat

TIV Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi

'TIV Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan hujumga munosabat bildirdi'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi 2023 yil 27 yanvar kuni Ozarbayjon Respublikasining Tehrondagi Elchixonasiga uyushtirilgan qurolli hujumni keskin qoraladi.

"Marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz va jarohatlanganlarning tez fursatlarda sog`ayib ketishini tilaymiz.

Umid qilamizki, ushbu hodisa sinchkovlik bilan o`rganilgach, barcha aybdorlar javobgarlikka tortiladi" deyiladi bayonotda.

Eslatib o`tamiz, Ozarbayjonning Tehrondagi Elchixonasiga qurolli hujum uyushtirilgan  edi.

So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, Ozarbayjon o`zining Erondagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumdan so`ng diplomatik missiya xodimlarini evakuasiya qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar