Amerika Qo`shma Shtatlarining Bishkekdagi elchixonasi Qirg`iziston va O`zbekiston o`rtasidagi aloqalar, munosabatlar va hamkorlik masalalariga yuqori baho berdi.
"Amerika Qo`shma Shtatlari Qirg`iziston va O`zbekistonning mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni ta`minlashga sodiqligini namoyish etishdagi muvaffaqiyatli sa`y-harakatlarini olqishlaydi.
Bahsni emas, diplomatiya yo`lini tanlagan ikki tomon Markaziy Osiyodagi hamkorlik iqtisodiy rivojlanish va aloqalarni mustahkamlash uchun zarur ekanini ta`kidlashdi",– deyiladi elchixona xabarida.






