AsosiyJamiyat

O`zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi

'O`zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo`ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish majmuasi quriladi. Bu haqida UzA xabar bermoqda.

Aytilishicha, chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt bo`lgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Loyiha Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida 55 mln dollar miqdoridagi to`g`ridan-to`g`ri investisiya mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi.

Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona bo`lgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil bo`ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stansiyasi tashkil etiladi.
 

    Boshqa yangiliklar