Uncha, 25 yanvar kuni ijtimoy tarmoqlarda Qorovulbozor tumanidagi sport majmuasida voyaga etmaganlar o`rtasida janjal sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.
Holatga Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati munosabat bildirdi.
Mazkur hodisa Qorovulbozor tumani IIB da belgilangan tartibda qayddan o`tkazilib, mas`ul xodimlar tomonidan holatga aniqlik kiritish maqsadida tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tekshiruv natijalariga ko`ra, ushbu holat Qorovulbozor tumanidagi 8-sonli umumta`lim maktabining 8 va 9-sinf o`quvchilari o`rtasida sodir bo`lgan.
Hozirda hodisa ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilgan bo`lib, tashqi tomondan bolalarning birortasida tan jarohati alomatlari mavjud emas.
Ularining tan jarohati olgan olmaganliklarini aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi va tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
"Tekshiruv yakuni bo`yicha holat ishtirokchilarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilib, belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi" deyiladi xabarda.






