AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbuslarning amalga oshirilishini ko`rib chiqdi

'Shavkat Mirziyoev Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi tashabbuslarning amalga oshirilishini ko`rib chiqdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig`ilishi doirasida Toshkent shahrida bo`lib turgan Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuralievni qabul qildi.

Uchrashuv chog`ida O`zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotiga raisligi doirasidagi ustuvor vazifalar ijrosining borishi ko`rib chiqildi.

Bosh kotib Tashkilot rivojida yangi davrni boshlab bergan tarixiy Samarqand sammiti natijalarini yuksak baholadi.

Savdoni va bojxona tartibotlarini soddalashtirish, Investisiya fondini tashkil etish bo`yicha bitimlar imzolandi.

Samarqand “Turkiy sivilizasiya poytaxti”, deb e`lon qilindi. Ilk bor Alisher Navoiy mukofoti topshirildi.

Bundan tashqari, O`zbekiston Xalqaro turkiy madaniyat tashkilotining to`laqonli a`zosi bo`ldi.

O`zbekiston tashabbusi bilan 2023 yil “Turkiy sivilizasiyaning yuksalish yili”, deb e`lon qilingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Raislikning institusional islohotni amalga oshirish “yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni”ni yaratish, transport jihatidan o`zaro bog`liqlikni mustahkamlash va oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish kabi ustuvor yo`nalishlariga alohida e`tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Bosh kotib Tashkilot doirasidagi sheriklik salohiyatini amalda ro`yobga chiqarish maqsadida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar