Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo`shrabot tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.Sh.” korxonasi mansabdor shaxslari “Xonnazar” mahallasidagi xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta`minlovchi yuqori bosimli gaz quvuriga shikast etkazib, bu haqda tuman gaz ta`minoti xodimlarini xabardor qilmasdan quvurni ko`mib ketganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,6 mlrd so`m zarar etkazilganligi aniqlangan, deya xabar bermoqda Prokuratura departamenti.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o`z vakolatlarini suiiste`mol qilish) va 255-2-moddasi (neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
24.01.2023 19:32
Samarqandda mansabdorlar yuqori bosimli gaz quvuriga shikast etkazgani aniqlandi






