AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda er-xotin hamda ularning 2 nafar farzandi is gazidan vafot etdi

'Qashqadaryoda er-xotin hamda ularning 2 nafar farzandi is gazidan vafot etdi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida bir oilaning to`rt nafar a`zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov darakchi.uz’ga xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yilning 23 yanvar kuni Kasbi tumani, “Qamashi” MFY, Qamashi qishlog`ida joylashgan D.L.ning yashash xonadonida qo`lbola usulda tayyorlangan isitish pechidan tabiiy gaz yonishi oqibatida hosil bo`lgan is gazi dudburon orqali xona ichiga sizib chiqqan. Buning oqibatida xonada uxlab yotgan D.L. (1992 yilda tug`ilgan), uning turmush o`rtog`i D.Q. (1995 yilda tug`ilgan), voyaga etmagan farzandlari A.R. (2018 yilda tug`ilgan) va M.R. (2020 yilda tug`ilgan) is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Ta`kidlanishicha, D.L. va uning oila a`zolarining o`lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Hodisa yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar