AsosiyJamiyat

“Aloqabank” filialining Ishtixon markazi sobiq rahbari fosh etildi

'“Aloqabank” filialining Ishtixon markazi sobiq rahbari fosh etildi'ning rasmi

Kredit mablag`larini  talon-toroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari tomonidan banklarning komplaens-nazorati tuzilmalari bilan hamkorlik doirasida pul mablag`larining talon-toroj qilinishi bo`yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan o`z vaqtida qonuniy choralar ko`rilmoqda. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Xususan, Departamentning Samarqand shahar bo`limi tomonidan AT “Aloqabank” Samarqand hududiy filiali murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ushbu bank filialining Ishtixon kompleks xizmatlar ko`rsatish markazi sobiq rahbari A.S. “M.A.” va “H.T.” xususiy korxonalari mas`ul shaxslari bilan o`zaro til biriktirib, “M.A.” XKga 2 ta “ISUZI” rusumli yuk avtotransport vositasini sotib olish uchun ajratilgan 900 mln so`m kreditni naqdlashtirib olganliklari, shuningdek 9 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga 262,2 mln so`m mikroqarz ajratib o`zlashtirganligi hamda “A.F.” XKga ajratilgan kreditning 150 mln so`mini “S.I.” MChJ orqali naqdlashtirib olib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Departamentning Chirchiq shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.S.” MChJ rahbari R.T. va boshqalar fuqaro D.D.ga tegishli noturar binoni garovga qo`yib, bank filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan 430 mln so`mlik qurilish materiallarini  sotib yuborib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.  

Xuddi shunday, Departamentning Guliston shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “D.Q.” MChJ rahbari D.T. qurilish materiallari sotib olish uchun hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga olingan qurilish materiallarini sotib yuborib, jami 400 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar