“Valensiya” jamoasi rahbariyati klub bosh murabbiyi Pako Ayestaranni o`z lavozimidan bo`shatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma`lum qildi, deb xabar bermoqda iSport.ua portali.
Ayestaran o`rniga jamoani vaqtinchi Voro Gonsales boshqarib boradi. Katta ehtimol bilan “Valensiya”ni italiyalik mutaxassis – Roberto Manchini boshqaradi.
Qayd etish kerakki, Ayestaran o`tgan yili Gari Nevill o`rnini egallagan va klub bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkandi.
Eslatib o`tamiz, “Valensiya” Ispaniya chempionati dastlabki to`rt o`yining barchasida mag`lubiyatga uchragan.





