Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, Buxoroda sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi yuzasidan viloyat IIB rasmiy ma`lumot berdi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 23 yanvar kuni soat 08:22 larda Buxoro viloyati, Buxoro tumani hududidan o`tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo`lining 278-km.da “Nexia-3”, “Spark” hamda “Damas” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo`lgan.
Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q, faqatgina transport vositalariga moddiy zarar etgan xolos.
Hozirda mazkur YTH yuzasidan Buxoro tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






