AsosiyJamiyat

Uzbekistan Airways ayrim eski samolyotlarini sotuvga qo`ydi

'Uzbekistan Airways ayrim eski samolyotlarini sotuvga qo`ydi'ning rasmi

Uzbekistan Airways’ning ayrim havo kemalari sotuvga qo`yildi. Bu haqda Davlat aktivlarni boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, Davaktiv agentligi tomonidan mazkur jarayonlarni tashkillashtirish uchun Buyuk Britaniyaning ACC Aviation kompaniyasi konsultant sifatida jalb qilingan.

Konsultant tomonidan havo kemalarining texnik holati, bozordagi talab va taklif asosida sotish mexanizmi bo`yicha tahlillar o`tkazildi.

Konsultant tavsiyasiga asosan Uzbekistan Airways quyidagi ikki lot bo`yicha havo kemalarini sotish bo`yicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganini e`lon qildi:

Lot 1:

  • Boeing 757 (UK 75701), 1999 yilda ishlab chiqarilgan;
  • Boeing 757 (UK 75702), 1999 yilda ishlab chiqarilgan;

Lot 2:

  • Boeing 767 (UK 67007), 2003 yilda ishlab chiqarilgan;
  • Boeing 767 (UK 67008), 2004 yilda ishlab chiqarilgan.

Ushbu havo kemalarining narxi haqida ma`lumot berilmagan.

Talabgorlar qiziqish bildirishi to`g`risidagi arizalarini 2023 yil 23 fevral soat 18:00ga qadar yuborishi lozim.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airways tomonidan kelgusida qolgan havo kemalarni turi va rusumini inobatga olib, lotlarga bo`lgan holda savdo jarayonlari e`lon qilinishi bildirilgan.

    Boshqa yangiliklar