AsosiyJamiyat

Nurobodda “Qishloq shifokori” dasturi doirasidagi qo`shimcha pul mablag`lari to`lab berilmayotgani ma`lum bo`ldi

'Nurobodda “Qishloq shifokori” dasturi doirasidagi qo`shimcha pul mablag`lari to`lab berilmayotgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Fuqaro Sh.Qudratova hamda  R.Quvandiqov tuman tibbiyot birlashmasining tegishli buyrug`i bilan tuman tibbiyot birlashmasining “Jom” hududiy bo`limi va “Ibn Sino” nomli 15-son oilaviy poliklinikasining oila shifokori vazifalarida, shu bilan birgalikda R.Quvandiqov tegishli buyruqlarga muvofiq o`rindoshlik asosida Pastdarg`om tumani hududidan kelib faoliyat yuritib kelishgan.    
  
Ammo ushbu tibbiyot xodimlarining har biriga to`lanishi lozim bo`lgan 30 million so`mdan bir martalik pul mablag`lari hamda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara puli to`lanmagan. Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi darakchi.uz'ga xabar berdi.

Fuqarolar buzilgan huquqlarini tiklash, qonuniy manfaatlari ta`minlanishini so`rab, Nurobod tuman adliya bo`limiga murojaat qilishdi.  Tuman adliya bo`limi bosh maslahatchisi N.Ruziev bergan ma`lumotlarga ko`ra,  adliya bo`limi xodimlarining aralashuvi bilan ularga pul mablag`lari o`ndirib berildi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2020 yildagi PF-6110-son Farmonining 6-bandi talabiga ko`ra “Qishloq shifokori” dasturi doirasida  boshqa hududda yashovchi shifokorlar olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga ishga qabul qilinganda ularga kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan 30 million so`m miqdorida bir martalik pul mablag`lari, uy-joyi bo`lmaganlarga esa 3 yil davomida xizmat uy-joylari berilishi yoki bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik ijara to`lovlari Davlat byudjetidan kompensasiya qilinishi, mazkur imkoniyatlardan foydalanish uchun shifokorlar bilan viloyat hokimliklari o`rtasida shartnoma tuzib borilishi, ushbu dasturini moliyalashtirish viloyatlar mahalliy byudjetlari hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo`yilgan.
 

    Boshqa yangiliklar