Vladimir Putin EOIIga a`zo davlatlar rahbarlariga murojaat qildi. Bu haqda Sputnik Kazaxstan xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, ushbu murojaat Rossiyaning 2023 yilda EOII organlariga raisligi munosabati bilan yuborilgan.
Uning qayd etishicha, 2015 yilda EOII tashkil etilganidan buyon o`zaro savdo hajmi 60 foizga oshgan va 2021 yilda 73,1 milliard dollarni tashkil etib, tarixiy ko`rsatkichga etgan.
Tashqi savdo hajmi 46 foizga o`sib, 846,3 milliard dollarni tashkil etdi.
Aholi jon boshiga yalpi yalpi ichki mahsulotning o`sishi 28,7 foizni, milliy valyutadagi to`lovlar ulushi esa 75 foizga yaqinlashdi.
Putinning fikricha, EOII dunyoning kuchli, mustaqil qutblaridan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega.






