AsosiyJamiyat

Noqulay ob-havo sabab "Toshkent" aeroporti faoliyati vaqtinchalik cheklandi

'Noqulay ob-havo sabab "Toshkent" aeroporti faoliyati vaqtinchalik cheklandi'ning rasmi

"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining ma`lum qilishicha, "Toshkent" aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman, ko`rish masofasi 100 m.) munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish/jo`natish bo`yicha vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi.

HY54 Urganch – Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo`ndi.

HY766 Olmaota – Toshkent reysi ham Samarqanddagi muqobil aerodromga jo`nab ketdi.

HY66 Termiz – Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo`ndi.

HY5314 Jidda – Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo`ndi.

HY336 Jidda – Toshkent reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga qo`ndi.

HY9662 Ekaterinburg – Toshkent reysi ham Samarqandga qo`ndi.

J2-5031 Boku – Toshkent reysi Urganchdagi muqobil aerodromga yo`l oldi.

SU1870 Moskva – Toshkent reysi Navoiydagi muqobil aerodromga qo`ndi.

SU1870 Nukus – Toshkent reysi soat 02:30 ga qoldirildi.

    Boshqa yangiliklar