AsosiyJamiyat

Britaniya nashri Alisher Usmonov haqidagi maqola uchun uzr so`radi

'Britaniya nashri Alisher Usmonov haqidagi maqola uchun uzr so`radi'ning rasmi

Britaniyaning global yaxtachilik sanoatidagi voqealarni yorituvchi "Yachting Pages" nashri Xorvatiyada "Irina VU yaxtasining g`oyib bo`lishi" bilan bog`liq xabarlarni o`z saytidan o`chirib tashladi.

Ommaviy axborot vositalarida mazkur yaxta o`tgan yili Xorvatiyada hibsga olingan va oktyabr oyida Murter orolidagi Betina portidan sezdirmay suzib ketgani xabar qilingandi. "Yachting Pages" o`z maqolasida yaxta Alisher Usmonov va uning sobiq rafiqasi, Butunrossiya badiiy gimnastika federasiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova bilan bog`liq tuzilmalarga tegishli ekanini taxmin qilgan.

O`z navbatida, Usmonovning vakili tadbirkor "Xorvatiya matbuotida tilga olingan Irina VU yaxtasiga egalik qilmasligi va uning Betina portidan g`oyib bo`lishi bilan hech qanday aloqasi yo`qligini" aytgan. U Usmonov rafiqasi bilan 2022 yilning yozida ajrashganini eslatib o`tadi.

Shundan so`ng "Yachting Pages" xabarlarini qaytarib olgan va "yaxta Alisher Usmonovga tegishli ekani" rad etgan. Shuningdek, nashr "noaniqlikka yo`l qo`ygani" uchun uzr so`radi.

Avvalroq Germaniyaning etakchi OAVlari milliarder Alisher Usmonov haqidagi maqolalarini yana bir bor tahrirlashga majbur bo`lgani xabar berilgandi.

Usmonovning advokatlari, shuningdek, Myunxen prokuraturasining veb-saytidan Alisher Usmonovga oid ayblovlar aks etgan press-relizning olib tashlanishiga ham muvaffaq bo`lishgan.

    Boshqa yangiliklar