Ispaniya futbol federasiyasi prezidenti Anxel Mariya Vilyarning jiyani Meksikada jinoyatchilar tomonidan o`g`irlanib, keyinroq o`ldirildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Jinoyatchilar Vilyarning jiyani uchun tovon puli talab qilgan. O`g`irlangan qizning oilasi ushbu talabni bajargan bo`lishicha qaramay, jinoyatchilar uni o`ldirgan. Ma`lum bo`lishicha, qizning hayoti uchun 20 ming peso (taxminan 10,3 ming dollar) so`ralgan.
Vilyar jiyanining jasadi Mexiko shtatining Toluka shahrida aniqlangan.





