Istanbulda yana bir yangi metro liniyasi qurildi. Yangi metroning ochilish marosimida davlat prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on ham ishtirok etdi.
Mahlum qilinishicha, Kağıthane-İstanbul Havalimanı liniyasida 8 ta stansiya mavjud. Metro liniyasi orqali Kağıthanedan Istanbul aeroportiga atigi 24 daqiqada borish mumkin.
Ushbu liniya kuniga 800 ming yo`lovchiga xizmat ko`rsatishi aytilmoqda. Metro liniyasida yo`l haqi qisqa masofalar uchun 9,90 lira va uzoq masofalar uchun 12 lira qilib belgilangan.






