AsosiyJamiyat

O`zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik sabab avtomatik uzilishlar qachondan qayta yo`lga qo`yilishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik sabab avtomatik uzilishlar qachondan qayta yo`lga qo`yilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ joriy yilning 27 yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushirilishini  ma`lum qildi. Bu haqda AJ axborot xizmati xabar berdi. 

"Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to`lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to`lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o`tamiz",–deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar