Kecha Buxoro shahrida O`zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha qo`shma hukumatlararo komissiya ishchi guruhlarining yig`ilishi yakunlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
TIV ma`lumotiga ko`ra, 16-21 yanvar kunlari tomonlar O`zbekiston va Turkmaniston o`rtasidagi davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha hukumatlararo komissiyaning qo`shma majlisiga tayyorgarlik ko`rish masalalarini ko`rib chiqdi. Jumladan, davlat chegarasini demarkasiya qilish bo`yicha normativ-huquqiy va texnik hujjatlar loyihalari ko`rib chiqildi va kelishib olindi.
Yig`ilishda, shuningdek, ishchi guruhlarning 2023 yilga mo`ljallangan yig`ilishlari taqvimi kelishib olindi.
Muzokaralar yakunida protokol imzolandi.
Uchrashuv do`stlik va o`zaro hamjihatlik muhitida o`tdi.






