AsosiyJamiyat

23 yanvar kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi

'23 yanvar kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

"O`zgidromet" markazi 23 yanvar kuni O`zbekiston bo`ylab kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, ba`zi joylarda 17 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15-17 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, ba`zi joylarda 5 daraja sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq bo`ladi.

Surxondaryo viloyatida havoo`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ba`zi joylarda 2 daraja sovuq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15-17 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar