AsosiyJamiyat

Andijonda aholi yo`lni to`sib qo`ygani aytilgan xabar rasmiylar tomonidan rad etildi(video)

'Andijonda aholi yo`lni to`sib qo`ygani aytilgan xabar rasmiylar tomonidan rad etildi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida 21 yanvar kuni mahalliy aholi mashinalar yo`lini to`sib qo`ygani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Shahar hokimligi ushbu xabarlarni rad etdi.

Ta`kidlanishicha, mazkur mahalla temiryo`l vokzali yaqinida joylashgan bo`lib, yo`l to`silishi aslida yo`l o`tkazgich qurilishi bilan bog`liq. Lavhadagi fuqarolar elektr energiyasida ro`y bergan nosozlik sabab mutasaddilar bilan suhbatlashishga yig`ilgan.

"Video tarqalishidan 30 daqiqa oldin mahallada elektr nosozligi bartaraf etilishi boshlangan. Aholini issiq choy, qahva hamda eguliklar bilan ta`minlash ishlar ham tashkil etilgan. Yaqin soatlar ichida ta`minot tiklanadi. Yo`l qurilish ishlari esa loyiha bo`yicha davom etadi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar