Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ–815-son, 20.01.2023 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Shunga ko`ra, “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo`yicha vakil to`g`risida”gi Qonunga tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha vakil vazifalariga quyidagilar qo`shildi:
- Tekshirishlarni ro`yxatga olish kitobining hisobini elektron yuritish;
- majburiy talablar elektron reestrini yuritish.
️ “Auditorlik faoliyati to`g`risida”gi qonunga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra, auditorlarning respublika jamoat birlashmalari quyidagilarni qo`shimcha ravishda amalga oshiradi:
- malaka imtihonini o`tkazish reglamentini, auditorning malaka sertifikatini berish, qayta rasmiylashtirish, muddatini uzaytirish va tugatish tartibini, auditorlar malakasini oshirishga oid namunaviy dasturni tasdiqlaydi;
- malaka imtihonini o`tkazadi;
- auditorning malaka sertifikatini beradi.






