Bugun “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining bir nechta reyslari noqulay ob-havo sharoiti (quyuq tuman) tufayli Toshkent aeroportiga qo`nish imkoni bo`lmagan va boshqa hududlardagi aerodromlarga jo`natishga qaror qilingan.
Xususan:
- HY336 (Jidda-Toshkent) reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aerodromga qo`ndirildi.
- HY232 (Frankfurt-Toshkent) reysi ekipaji Namangandagi muqobil aerodromga qo`ndirildi.
- Aeroflot aviakompaniyasining AFL1870 (Moskva-Toshkent) va HY3546 (Ostrava-Toshkent) reysi Navoiydagi muqobil aerodromga jo`nab ketgan.
- AZO7001 (Moskva-Toshkent) reysi bilan Navoiydagi muqobil aerodromga yo`l olgan.
- HY9650 (Qozon – Toshkent) reysi Namangandagi muqobil aerodromga jo`nab ketgan.
- ️HY9614 (Moskva-Toshkent) reysi ham bortidagi 102 yo`lovchi bilan Navoiydagi muqobil aerodromga jo`nab ketgan.






