AsosiyJamiyat

"O`zgidromet” ertangi kun uchun ob-havo prognozini e`lon qildi

'"O`zgidromet” ertangi kun uchun ob-havo prognozini e`lon qildi'ning rasmi

“O`zgidromet” 21 yanvar kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun Toshkent shahrida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11 daraja sovuq, kunduzi 0-2 daraja sovuq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, ba`zi joylarda 17 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, ba`zi joylarda 5 daraja sovuqqacha bo`ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Surxondaryo viloyatida biroz qor yog`ishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, ba`zi joylarda 11-13 daraja sovuqqacha, kunduzi3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog`oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar