AsosiyJamiyat

Karmanada zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi

'Karmanada zaxiradagi er maydonini sotmoqchi bo`lgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIB Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan B.U. Karmana tumani “Yangiobod” MFY hududidagi 14 sotix zaxiradagi er maydonini fuqaro B.E.ga sotishga kelishib, hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishni va`da qilib, 73 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar