Toshkent shahri Mirobod tumanida ichimlik suvi quvuri yorilib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi.
Tuman hokimligi holat yuzasidan ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, Tumanning Sodiq Azimov ko`chasida joylashgan Korzinka supermarketi qarshisida diametri 300 millimetr bo`lgan ichimlik suvi quvurida yuz bergan avariyaviy holati bartaraf etilgan hamda suv ta`minoti qayta tiklangan.






