AsosiyJamiyat

Nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo`yicha tibbiy ko`rikdan o`tkazish jarayoni elektronlashtiriladi

'Nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo`yicha tibbiy ko`rikdan o`tkazish jarayoni elektronlashtiriladi'ning rasmi

“Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka qarshi kurashish tizimini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori  qabul qilindi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Qaror bilan Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir 2023–2027 yillarga mo`ljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan: 

- aholi orasida OIV infeksiyasini faol aniqlash maqsadida 15 ta OITSga qarshi kurash markazlari va ularning 63 ta tumanlararo diagnostika laboratoriyalarini so`nggi avlodga mansub diagnostik test-tizimlar (IFA) bilan uzluksiz ta`minlash;
- migrantlarni OIV infeksiyasini ixtiyoriy tekshirish bilan qamrab olishni kengaytirish;
- OIVning onadan bolaga yuqishining oldini olish maqsadida OIV infeksiyali onalardan tug`ilgan 6 oylikkacha bo`lgan bolalarni quruq sut aralashmasi bilan uzluksiz ta`minlash;
- OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.

 Qarorga ko`ra, nikohlanuvchi shaxslarni OIV infeksiyasi bo`yicha majburiy tibbiy ko`rikdan o`tkazish jarayonini elektron tizim orqali amalga oshirishni yo`lga qo`yish maqsadida:

- 2023 yil 1 iyungacha Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida;
- 2023 yil yakunigacha boshqa hududlarda FHDYo organlari va tegishli tibbiyot muassasalari o`rtasida elektron hamkorlik tashkil qilinadi. 
 2023 yil yakunigacha OIV infeksiyasi aniqlangan holatlar monitoringini ta`minlash, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishini kuzatib borish imkonini beruvchi elektron axborot tizimi yaratiladi.
 

    Boshqa yangiliklar