Professional boksning birinchi yarim engil vazn toifasida (55,3 kg) WBA va IBF kamarlari egasi, o`zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev IBF yo`nalishida majburiy da`vogar filippinlik bokschi Marlon Tapalesga qarshi qachon jang o`tkazishi ma`lum bo`ldi.
Ahmadaliev-Tapales to`qnashuvi 8 aprel kuni AQShning Texas shtati, San Antonio shahrida bo`lib o`tadi. Kelayotgan haftada jang rasman e`lon qilinishi kutilmoqda.
Ma`lumot o`rnida:
- 28 yoshli Murodjon Ahmadaliev professional boksda umumiy 10 ta jang o`tkazib, to`qnashuvlarning barchasida g`alaba qozongan.
- 30 yoshli Tapales esa profboksda 37 marta ringga ko`tarilib, 34 ta g`alaba qayd etgan va 3 ta jangda mag`lubiyat alamini tatib ko`rgan.






