AsosiyJamiyat

Jahongir Ortiqxo`jaevni senatorlikdan olish masalasi ko`rib chiqilishi mumkin

'Jahongir Ortiqxo`jaevni senatorlikdan olish masalasi ko`rib chiqilishi mumkin'ning rasmi

Toshkentning hokimi vazifasini bajarayotgan B. Raxmonov deputatlarni Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasiga chaqirish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda sobiq deputat Rasul Kusherbaev o`zining telegram kanalida yozgan

"Deputatlar ixtiyoriga Toshkent shahar hokimining shaharni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish holati, 2022 yilgi davlat dasturi ijrosi, mahalliy byudjetning 2023 yildagi qo`shimcha manbalarini harajatlarga yo`naltirish haqidagi masalalar bilan birga ochiqlanmagan boshqa masalalar ham ko`rib chiqilishi taklif etilgan.

Katta ehtimol bilan kun tartibidagi boshqa masalalar qismida deputatlar sobiq hokim Jaxongir Ortiqxo`jaevning Kengash raisligi, deputatligi va daxlsizligi masalalarini ko`rib chiqishadi.

Deputatlardan sog`lom aql va mas`uliyat bilan qaror qilishlarini kutib qolamiz" deb yozadi sobiq deputat.

    Boshqa yangiliklar