AsosiyDunyo

JSST: Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni 84 mingdan oshdi

'JSST: Dunyoda mpox virusini yuqtirganlar soni 84 mingdan oshdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko`ra, o`tgan yil 1 yanvardan shu kungacha dunyo bo`yicha 84,7 mingdan ortiq kishi mpox (maymun chechagi) virusini yuqtirgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, birgina o`tgan haftaning o`zida bemorlar soni 302 nafarga ko`paygan. Shunga qaramay, bu — joriy yil yanvar oyining ilk haftasiga nisbatan 44 ta kam ko`rsatkich.

 Xastalik o`tgan bir yildan ziyod davrda Er yuzining 110 ta davlatida tarqalib ulgurdi. Eng achinarlisi, infeksiyaga chalingan bemorlardan 80 nafari kasallik oqibatida hayotdan ko`z yumdi. 

 Eng ko`p bemorlar ro`yxatga olingan mamlakatlar: 

AQSh — 29,8 ming,
Braziliya — 10,6 ming,
Ispaniya — 7,5 ming,
Fransiya — 4,1 ming, 
Kolumbiya — 4 ming nafar. 

 Tahlillarga ko`ra, mpox bilan kasallanganlarning 96,6 foizini 29 yoshdan 41 yoshgacha bo`lgan bemorlar tashkil etadi. 

 

    Boshqa yangiliklar