Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanida 18 yanvar kuni kelin-kuyov is gazidan vafot etdi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov o`zining Facebook sahifasida yozmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, tun yarmida gaz tarmoqdan uzilgan va qayta yoqilgan. Olov o`chgach, sizgan gaz tufayli uyqudagi kelin-kuyov zaharlangan. Ular ertalab xonadonida o`lik holda topilgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma`lum qilishicha, kelin-kuyovning yaqinlari jasadni ko`mib yuborgan va bu to`g`risida huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bermagan.






