"O`zgidromet" etakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov iqlim o`zgarishlari haqida fikr yuritdi.
Qayd etilishicha, iqlimshunoslar anchadan beri Tinch okeani markazidagi katta massadagi suv harorati bilan bog`liq El-Nino va La-Nino hodisalari dunyo iqliminining "motori" ekanini ta`kidlab kelishadi.
Oxirgi uch yillikdagi La-Nino faolligi bizning mintaqada antisiklonlar rivojlanishi fonida qish-bahor mavsumida to`satdan kirib keluvchi anomal sovuq havo to`lqinlarini oshirib yubordi.
Joriy yil mart oyidan esa La-Nino o`rnini El-Nino egallashi prognoz qilinmoqda. "El-Nino" fenemon hodisa iqlim katakilzmlari chastotasi ortishi, materik markazida davomli qurg`oqchilik va to`satdan yuzaga keluvchi jadal yog`inlar xavfini ko`paytiradi. 2016-yil dunyoda El Nino ning faolligi dunyo iqlimini oldingi yillarga nisbatan keskin isishiga olib kelgan edi.
Dunyoda 2023 yil harorati 2022 yil haroratidan issiq bo`ladi. 2024 yil esa yuqori ehtimol, dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo`lishi mumkin. Hatto, o`rtacha yillik harorat Parij iqlim bitimi shartlaridagi dunyo haroratini 1.5 darajadan ortib ketishi oldini olish majburiyatlaridan ham o`tishi mumkin.
Iqlim anomaliyalari ortishi 2023 yilda qishloq xo`jalik tarmog`ida puxta rejalar, iqlim bilan hisoblashlar asosida oziq-ovqat xavfsizlik masalalariga e`tibor berishni taqozo etadi. An`anaviy usullar yordamida tirikchilik qilishlar El-Nino hodisasi faolashganda u qadar o`zini oqlamaydi.






