2023 yil 20 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Furqat Sidikov Osiyo taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari v.b. Erik Pinali bilan uchrashdi.
OTB xalqaro moliya institutlari orasida O`zbekiston uchun muhim va strategik sheriklardan biri hisoblanadi. Xususan, bugungi kunda jami 2,8 milliard dollarlik 20 dan ortiq loyihalar amalga oshirilayotgani ta`kidlandi.
Uchrashuvda OTBning O`zbekiston bilan 2024-2027 - yillarga mo`ljallangan hamkorligining yangi strategiyasini tasdiqlash bo`yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
OTB O`zbekiston milliy taraqqiyot strategiyasiga muvofiq tizimli islohotlarni amalga oshirishda konsultativ yordam ko`rsatishda davom etadi.






