Shavkat Mirziyoev 20 yanvar kuni "Ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini 2023–2026 yillarda yanada rivojlantirishga yo`naltirilgan chora-tadbirlar to`g`risida"gi qarorni imzoladi.
Hujjat ko`ra, 2023 yil 1 yanvardan boshlab latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining tekshiruvlari sonini 1 milliontagacha etkaziladi. Bu kasallikka chalingan shaxslarni profilaktik davolash qamrovini 21 mingtagacha oshiriladi.
tuberkulyoz mikrobakteriyasini tezkor gen-molekulyar tashxislash qamrovini 120 mingtagacha etkaziladi. Tuberkulyoz bilan kasallangan 18 ming nafar bemorni dori vositalari bilan ta`minlanadi.
Xususan:
- a) 1-qator (doriga sezuvchan tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) – 15 ming;
- 2 va 3-qatorlar (doriga rezistent tuberkulyoz bilan kasallangan bemorlar) – 3 ming (2020-y. – 1,9 ming, 2021-y. – 2,3 ming);
- b) tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholi orasidan tuberkulyoz bilan kasallanishga moyilligi bo`lgan xavf guruhiga mansub shaxslar ro`yxati shakllantiriladi hamda:
- o`smirlar va kattalar rentgenologik (yiliga 3,5 million);
- bolalar immunologik (yiliga 520 ming) tekshiruvdan o`tkaziladi.
2023 yil 1 fevralga qadar ftiziatriya kasalligining Yagona elektron reestri ishlab chiqiladi. Xavf guruhidagi mahkumlar bilan bevosita aloqada bo`layotgan ichki ishlar xodimlarini yillik ko`riklar doirasida latent tuberkulyoz infeksiyasiga skrining o`tkazish tartibi joriy etiladi.






