Fransua ismli kishi 2022 yil dekabr oyida Karib dengizidagi Sen-Marten orolida elkanli qayiqni ta`mirlayotgan edi. To`satdan ob-havo yomonlashdi va bo`ronli suv uni dengizga olib chiqdi.
Uning so`zlariga ko`ra, u ochiq dengizda qolib ketgan vaqtda oldidan boshqa qayiqlar tez-tez suzib o`tgan, ammo hech kim uning yordam signallarini payqamagan.
Unga faqat samolyot yordam bera olgan, uchuvchi Kolumbiya dengiz flotiga xabar bergan.
Fransuaning yonida faqat bir shisha ketchup, sarimsoq kukuni va bulon bo`lgan.
20.01.2023 17:36
Dominikalik erkak 24 kunni ochiq dengizda ovqatsiz o`tkazdi






