"O`zgidromet"ning xabar berishicha, dam olish kunlari O`zbekiston hududlarida ob-havo hali ham sovuq antisiklon ta`siri sezilib turadi.
Ushbu kunlarda respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 20-21 yanvar kunlari eng chekka janubda biroz qor yog`ishi mumkin. Kunduzi havo harorati 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo`ladi.
Dam olish kunlari havo harorati kechalari 8-13 daraja sovuq, ba`zi joylarda 15-17 daraja sovuqgacha bo`ladi, kunduz kunlari 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, ba`zi joylarda 5 daraja sovuqgacha atrofida bo`ladi.
Respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi.
Respublika yo`llarida ba`zi joylarda yaxmalak yuzaga kelishi saqlanib turadi.






