AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`iston va Buxoroda "prava" olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Qoraqalpog`iston va Buxoroda "prava" olib berishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan haydovchilik guvohnomasi olib berishni va`da qigan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Departamentning Vobkent tumani bo`limi, viloyat IIB  xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.A., I.I. va M.R. fuqaro I.I.ni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo`ladigan imtihondan o`tkazib qo`yish evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Koson tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.X. fuqaro A.P.ni haydovchilik guvohnomasi olishi uchun bo`ladigan imtihondan go`yoki Ichki ishlar organlarida ishlovchi tanishi yordamida o`tkazib qo`yish evaziga 2,2 mln so`mini qo`lga kiritganligi aniqlanib, shundan 2 mln so`mni qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Departamentning Qoraqalpog`iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Sh. fuqaro S.K.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo`ladigan imtihondan tanishlari yordamida o`tkazib qo`yish evaziga 2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar