Qozog`istonning "Aq Jol" partiya raisi o`rinbosari, parlament Majilisi deputati Azamat Abildaevni partiyadan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar bergan.
Bunga uning Rossiya prezidenti Vladimir Putinni va Ukrainada davom etayotgan maxsus operasiyani qo`llab-quvvatlovchi bayonoti sabab bo`lgan.
Shu munosabat bilan yig`ilishda Abildaevni partiyadan chiqarish, shuningdek, uning deputatlik mandatini to`xtatib turish yuzasidan Markaziy saylov komissiyasiga xat yuborish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Partiya xalq vakilining so`zlari nafaqat o`z pozisiyasiga zid, balki partiyaviy, deputatlik etikasini ham buzadi, degan qarorga kelgan. “Ak Jol” Qozog`iston va boshqa do`st davlatlar hududlari mustaqilligi va yaxlitligini qo`llab-quvvatlashini bildirdi.






