"Ob-havo harorati ko`tarilib, qulay sharoit paydo bo`lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma`lum qilamiz" , deyiladi «O`ztransgaz» bayonotida.
O`zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste`mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan. Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik ob`ektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat`i nazar, har qanday ulgurji iste`molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatilgandi.
"Har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKShlar kunning ma`lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta`minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to`ldirilgan gaz ballonlar etkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko`rsatmoqda. Ob-havo harorati ko`tarilib, qulay sharoit paydo bo`lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma`lum qilamiz" , deyiladi «O`ztransgaz» bayonotida.






