Bishkekdan Istanbulga uchayotgan “Turkish Airlines” aviakompaniyasining TK344 yo`lovchi reysi manzil aeroportdagi noqulay ob-havo sharoiti – tuman, ko`rish masofasi 800 m, tufayli “Toshkent” xalqaro aeroportiga favqulodda qo`ndi.
Ekipaj muqobil aerodromga jo`nab ketishga qaror qildi.
Bortida 184 yo`lovchi bo`lgan samolyot mahalliy vaqt bilan soat 09:42 da kelib qo`ndi. Ayni paytda samolyotning belgilangan aeroportga parvozini davom ettirish imkoniyati o`rganilmoqda.






