Moskvada 16 yoshli o`smir uyqusizlikdan vafot etdi, deb xabar bermoqda "news.ru". Qayd etilishicha, dunyoda ushbu noyob irsiy kasallikning 40 dan 70 gacha holati qayd etilgan.
Maktab o`quvchisining jasadi Yujnobutovskaya ko`chasidagi oilasining kvartirasidan topilgan. Keyinchalik shifokorlar bolakayda davolab bo`lmaydigan kasallik borligi, bu gen mutasiyasi bilan bog`liq va uyqusizlikka sabab bo`lganini aniqlashdi. Uzoq muddatli uyqusizlik tufayli, uyqusizlik bilan og`rigan bemor doimo vafot etadi.
Avvalroq Moskvaning Shimoliy Butovo tumanidagi Znamenskiy Sadki ko`chasida ikki yosh halok bo`lgani ma`lum bo`lgan edi. Favqulodda vaziyatlar xizmati vakilining aytishicha, o`smirlar 22-qavatdan yiqilib halok bo`lgan.
Bungacha Baza Telegram-kanalida 13 yoshli o`quvchi qiz o`zini poezd urib ketgani tasvirga olingan videoni e`lon qilgan edi. Fojia u ijtimoiy tarmoqda video yozib olayotgan paytda sodir bo`lgan. Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, rossiyalik ayol "Dvoynaya" va "Elmut" bekatlari oralig`idagi uchastkada vafot etgan. Yuk poezdi mashinisti qizni vokzaldan ketayotganida payqab qolgan – u relslardan o`tayotgan edi. Keyin maktab o`quvchisi ko`zdan g`oyib bo`ldi, lekin keyinroq u yana relsga chiqdi – o`sha paytda poezd soatiga 75 kilometr tezlikda harakatlanayotgan edi.






