AsosiyDunyo

Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayda bo`ladi

'Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayda bo`ladi'ning rasmi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on mamlakatda navbatdagi prezidentlik va parlament saylovlari 14 may kuni o`tkazilishini ma`lum qildi.

Ilgari umumiy ovoz berish joriy yilning iyun oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan edi. Prezidentlik saylovlarining ertaroq muddatga ko`chirilishi talabalarning ta`tillari, ta`til mavsumi iyun oyiga belgilangani va 100 mingdan ortiq Turkiya fuqarosi boradigan Hajning boshlanishi bilan izohlanadi.

Shuningdek:

"1950 yilning 14 mayida marhum Adnan Menderes yirik g`alabaga erishdi. Adnan Menderes va Jalol Bayar boshchiligidagi Demokratik partiya 1950 yilda Kamol Otaturk tomonidan asos solingan Respublika Xalq partiyasidan Respublikachilarni siqib chiqargan holda hokimiyatga kelgan muxolifat partiyalari orasida birinchi bo`ldi. 1950 yilgi milliy saylovlar natijasi Turkiyada bir partiyaviylik davrining tugashidir", - deya izoh berdi 14 mayga nisabat Turkiya rahbari. 

    Boshqa yangiliklar