Qirg`iziston davlat xizmatchilariga beriladigan mukofot pullaridan tejalgan summaga zamonaviy dronlarni sotib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari bergan ma`lumotlgarga tayanib, "Zamon.uz" yozmoqda.
Uning so`zlariga ko`ra, o`tgan yil oxirida hech qanday mukofot puli olmagan davlat xizmatchilari mamlakat xavfsizligini ta`minlashga hissa qo`shgan.
“Agar mamlakat o`z xavfsizligini ta`minlay olmasa, choraklik mukofotlar, davlat xizmatchilariga qo`shimcha to`lovlar uchun hech qanday xarajat qilnmaydi”— dedi O`runbekov.
U ayrim davlat xizmatchilarining qo`shimcha maoshlarning qisqartirilganidan noroziligini o`rinsiz deb hisoblab, ularga shu yil oxirida maosh berilishini va`da qilmoqda.
O`runbekov Tojikiston bilan chegaradagi to`qnashuvlardan so`ng Qirg`iziston mamlakat mudofaa qobiliyatini oshirishga alohida e`tibor qaratayotganini ta`kidladi.






