AsosiyJamiyat

2022 yilda O`zbekistonga qaysi davlatdan eng ko`p sayyoh kelgani aytildi

'2022 yilda O`zbekistonga qaysi davlatdan eng ko`p sayyoh kelgani aytildi'ning rasmi

Statistika agentligining ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,2 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O`zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,4 mln. nafarga yoki 2,8 baravarga oshgan.

O`zbekistonga 2022 yilda eng ko`p qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?

— Qozog`iston – 1551,1 ming nafar

— Tojikiston – 1447,8 ming nafar

— Qirg`iz R. – 1356,9 ming nafar

— Rossiya – 567,7 ming nafar

— Turkiya – 75,6 ming nafar

— Janubiy Koreya – 19,9 ming nafar

— Germaniya – 17,7 ming nafar

— Hindiston – 16,8 ming nafar

— AQSh – 13,1 ming nafar

— Fransiya – 11 ming nafar

— Buyuk Britaniya – 10,5 ming nafar

— Ozarbayjon – 10,4 ming nafar

— Italiya – 8,8 ming nafar

— Ispaniya – 6,3 ming nafar

— Xitoy – 5,4 ming nafar.

    Boshqa yangiliklar