AsosiyDunyo

Afg`onistonda 20 kishi sovuqdan vafot etdi

'Afg`onistonda 20 kishi sovuqdan vafot etdi'ning rasmi

Afg`onistonda havoning keskin sovib ketishi oqibatida 20 kishi vafot etdi, deya yozmoqda "Zamon.uz".

Ma`lumotlarga ko`ra, kamida 70 kishi Hirotdagi shifoxonaga keltirilgan. Qorni och va uyini isitishga qurbi etmaydigan qashshoq aholi qahratondan ko`proq aziyat chekmoqda.

Bundan tashqari, sovuqda qolgan 4 mingga yaqin bosh qoramol ham nobud bo`lgan.

BMT insonparvarlik masalalari boshqarmasi xabar berishicha, bu hafta Afg`onistonda havo harorati -35 darajagacha sovib ketishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar