AsosiyJamiyat

Farg`onada elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanib davlatga 1,8 mlrd. so`m zarar etkazganligi aniqlandi

'Farg`onada elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanib davlatga 1,8 mlrd. so`m zarar etkazganligi aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O`zbekiston tuman bo`limi tomonidan viloyat ETK xodimlari bilan hamkorlikda  tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi. 

Unda, “K.a.” MChJ rahbari M.A. korxonaning Uchko`prik tumanidagi yordamchi xo`jaligida go`yoki kompyuter texnikalarini ta`mirlash sexini tashkil etib, amalda 179 dona ”Antminer” mayning qurilmalarini o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, 794,7 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so`m zarar etkazganligi aniqlangan. 

Shu kabi, Departamentning Qo`qon shahar bo`limi tomonidan viloyat DXX va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.S. O`rikzor ko`chasidagi uyida go`yoki muzlatkichlarni ta`mirlash sexi tashkil etib, amalda 6 dona “Antminer” mayning qurilmalarini o`zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, 126,1 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 283,8 mln so`m zarar etkazganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar