AsosiyDunyo

JSST Xitoyni koronavirusning yangi to`lqini haqidagi ma`lumotlarni yashirmaslikka chaqirdi

'JSST Xitoyni koronavirusning yangi to`lqini haqidagi ma`lumotlarni yashirmaslikka chaqirdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti Xitoy hukumatini koronavirusning yangi to`lqini haqidagi ma`lumotlarni e`lon qilishdan bosh tortmaslikka chaqirdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda

Bunday bayonot koronavirusdan vafot etganlar sonining rasmiy soni aniqlangandan keyin qilingan. Ushbu ma`lumotlarga ko`ra, dekabr oyidan beri 5,5 mingdan ortiq odam COVID-19 tufayli kelib chiqqan nafas olish muammolaridan vafot etgan. Yana 55 mingga yaqin kishi koronavirus infeksiyasi bilan kechgan turli kasalliklardan vafot etdi.

Shu bilan birga, Xitoy epidemiyaning navbatdagi cho`qqisi tugaganini, yangi ro`yxatga olingan bemorlarning soni dekabr oyining oxiriga nisbatan 83 foizga kamayganini aytmoqda.

Xitoy hukumati sanitariya talablarini yana engillashtirganini e`lon qildi. Gonkongga tezyurar poezdlar qatnovi tiklandi. Xalqning ommaviy noroziligi tufayli mamlakat hukumati COVID-19 ga nisbatan "nol bardoshlik" siyosati doirasida bir qator boshqa cheklovlardan voz kechdi. Shundan so`ng virusni yuqtirganlar soni yana ko`paydi va Xitoyga kelayotgan odamlarga yangi xalqaro cheklovlar joriy etildi.

    Boshqa yangiliklar