AsosiyJamiyat

IIO xodimi Toshkentda ikki farzandi bilan tilanchilik qilgan 19 yoshli ayol bilan janjallashdi(video)

'IIO xodimi Toshkentda ikki farzandi bilan tilanchilik qilgan 19 yoshli ayol bilan janjallashdi(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir ayol IIO xodimini urib, nimagadir qarshilik ko`tsatayotgani aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan ma`lumot bergan Toshkent shahar IIBBga ko`ra, 12 yanvar kuni taxminan soat 18:00 larda Shayxontohur tumani Samarqand darvoza ko`chasidagi katta chorraxada 19 yoshli, asli Samarqand viloyatida yashovchi ayol ikki nafar bolasidan foydalanib tilanchilik qilgan.

Shu hududda xizmat olib boruvchi IIO xodimi unga bu ishni qilmasligini va yo`lning qatnov qismidan chetga o`tishi kerakligini aytganida, ayol xodim bilan gap talashib, urushib ketgan.  

Aniqlanishicha, ayol muqaddam 11 marotaba tilanchilik qilgani uchun IIO xodimlari tomonidan ogohlantirilgan. Bundan tashqari, ikki nafar voyaga etmagan (kichigi 8 oylik) farzandidan foydalanib, ularning hayotini xavf ostiga qo`yib, yo`lning qatnov qismida transport vositalarining harakatlanishiga halaqit qilib, tilanchilik bilan shug`ullangan.

IIB xodimlari uning voyaga etmagan farzandlari borligi va ulardan biri emizikli go`dak ekanligini inobatga olib, unga ogohlantirish berilgan.

    Boshqa yangiliklar