O`tgan yili O`zbekiston iqtisodiyoti 5 foizga o`sdi. Bu yil iqtisodiy o`sish 5 foizdan oshishi kutilmoqda. Bu haqda Investisiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov O`zbekiston-Singapur forumida ma`lum qildi.
“Yaqin 10 yilda O`zbekiston YaIM ikki barobarga oshadi va prognozlarga ko`ra, 160 milliard dollarga etadi. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham 80 foizni tashkil etadi. Biz o`z oldimizga 2030 yilga borib mamlakatimizni dunyoning o`rtacha daromadga ega davlatlaridan biriga aylantirishni aniq maqsad qilib qo`yganmiz. Bu maqsadlarga erishish uchun bizda xohish-iroda ham, imkoniyat ham etarli”, — dedi u.
Prezident Shavkat Mirziyoevning Singapurga tashrifi oldidan ushbu mamlakatda O`zbekiston-Singapur biznes-forumi boshlandi.






